Sho‘rchi bilan Qumqo‘rg‘on birinchi

Date:

Tabiiy ipakdan xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, tibbiyotda, aviatsiya, radio-texnika, kosmonavtika, to‘qimachilik sanoati va kosmetologiya, farmatsevtika va boshqa sohalarda keng ko‘lamda foydalanilishi sabab ipakchilikni yanada rivojlantirishni davr taqozo etmoqda. Shuning uchun ham bugun respublikamizda ipakchilik va ipak sanoatini yanada rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Pillachilik vohamizda ham kundan kunga rivojlanib bormoqda. Ipak qurti vatani Xitoy davlati hisoblansa-da, bugun bizning pillakorlar xitoyliklardan pilla yetishtirish borasida anchayin ilg‘orlab ketgan, desak adashmaymiz. Ipak qurtini yetishtirishda mohirligimizni pilla rejasini respublikada birinchi bo‘lib Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlari bajarganiyoq ko‘rsatib qo‘ydi.


Xotin-qizlar qalb qo‘ri, ko‘z nurini baxshida etib, tunlari mijja qoqmay ipak qurtini parvarishlagani, mutasaddilarning sohada olib borgan tizimli ishlari mevasini ko‘p kuttirmasdan berdi.
Sho‘rchi tumani pillakorlari joriy yilda 189 tonna pilla xomashyosi yetishtirib, respublikada birinchi bo‘lib belgilangan rejani 100 foizdan oshirib uddaladilar. Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani pillakorlari ham joriy yilda 238 tonna pilla xomashyosi yetishtirib, birinchilikda aslo sho‘rchiliklar ham qolishmadi, prognoz ko‘rsatkichini 100 foizdan oshirib uddaladilar.
Hormay-tolmay ipak qurti boqqanlarga g‘alaba muborak! Zero, sidqidildan qilingan mehnat samara beradi, muvaffaqiyat olib keladi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun