9 ta oltin bilan respublika bosqichiga…

Date:

Sohil kurashi haqida eshitganmisiz? Agar eshitmagan bo‘lsangiz, Oltinsoy tumanidagi 44-umumtaʼlim maktabining o‘yingohida Surxondaryo viloyat Kurash federatsiyasi tomonidan sportning sohil kurashi turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat chempionati musobaqasi orqali bilib olish mumkin bo‘ldi. E’tirof etadigan jihati, polvonlar qum ustida kurash tushdilar. Qum ustida kurashishning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari va mashaqqatlari bo‘ladi. Buni kurashchilarning harakatlari orqali payqash qiyin emas edi. Aynan qum ustida kurashish — sohil kurashi deb atalar ekan.
Erta tongdan Oltinsoy tumani kurashish-u kurashni tomosha qilish istagida kela boshlagan mehmon-u ishtirokchilarga mezbonlik qildi. Jarayonni kuzatgan borki, musobaqani go‘yoki katta sport bayrami deyishi mumkin. Kurashda nafaqat alpqomat yigitlar, balki kurashishda yigitlardan qolishmaydigan Barchindek qizlar ham ishtirok etdi. Bellashuvda katta polvonlar 15 ta, yosh kurashchilar esa 20 ta vazn bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Sohil kurashi qizg‘in ruhda o‘tdi. Tajribali hakamlar guruhi bellashuvlarning halol va adolatli o‘tishini kuzatib, baholab bordilar. Musobaqada qatnashgan mezbon polvonlar 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, joriy yilning 6-12-iyun kunlari Namangan shahrida o‘tkaziladigan musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun