Uzunlik yoshlar 2- va 3-o‘rinda

Date:

“Savat” sport turining mamlakatimizda rivojlanib borayotganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” assotsiatsiyasi 2019-yilning 11-oktabrida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va mana shu qisqa vaqt ichida savatning “Asso” va “Komba” yo‘nalishlari bo‘yicha 3 marotaba O‘zbekiston chempionati hamda 4 marotaba O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazildi. Eng kuchlilar fransuz boksi “Savat” bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qabul qilindi.
Fransuz boksi Savat chuqur ildizlarga ega bo‘lib, 300 yildan ko‘proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Bu sport turida ikkala qoʻl va oyoqdan teng foydalaniladi, gʻarbiy boks va zarbalar elementlarini birlashtiradi. Klassik savat hech qanday cheklovlarsiz ko‘cha janglari maktabi bo‘lgan. Zarbalar tagliklari qalin va cho‘zilgan paychalari bo‘lgan og‘ir poyabzalda jang qilish uchun moslashtirilgan. Zamonaviy savatda (frantsuz boksi) zarbalar boks qo‘lqoplari yordamida mushtlar bilan beriladi. Tepishlar oyoq (qovurg‘a, oyoq, taglik, tovon) bilan barcha darajalarda, shu jumladan tizzada qo‘llaniladi. U Yevropa (kikboksing) va Osiyo (muay-tay va silat) jang san’atlaridan ajratib turadi.
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida fransuz boksi “Savat” sport turi bo‘yicha 4-Osiyo chempionati hamda 2-Osiyo Ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi. Chempiyonatda Uzun tuman sport maktab o‘quvchilari ham ishtirok etib, 6 nafar yosh faxrli 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun