Surxondaryolik yoshlar sayohatda

Date:

Jannatmakon O’zbekistonimizning har bir hududi ajoyib va takrorlanmas, tabiati, tarixiy yodgorliklari bilan o’ziga ohanrabodek tortaveradi. Sayr-u sayohat qilish uchun esa istalgan nuqtani tanlash va maroq bilan vaqt o’tkazish mumkin. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bepul sayohatlar tashkil etilgan. Ayni daqiqalarda 50 nafar surxondaryolik yosh Qashqadaryo viloyatiga sayohatga yo‘l olishdi. Aytish kerakki, an’anaviy etnik O‘zbekistonni, o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati va tarixini ko‘rish uchun Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz – Hissorak suv ombori – Sarchashma yo‘nalishi bo‘ylab sayohatni amalga oshirish juda mos keladi.


Ha, Qashqadaryo har bir sayohatchini qadimiy tarix, nodir tarixiy obidalar va tabiiy diqqatga sazovor joylar olamiga olib kiradi.
Ayni damda esa sayohatchilar Miraki sanatoriyasi va “Hisorak” suv omborida..
Miraki — Shahrisabz shahridan 30 kilometr masofada Xisor tog‘ tizmalari etagida, dengiz sathidan 1000 metr balandlikda Oqsuv, Qorasuv daryolari hamda «Xisorak” suv ombori yaqinida joylashgan, havosi toza va zilol suvlari ming dardga davo, tabiati go‘zal iqlimiy sihatgohdir. Sanatoriya maydoni 20,5 gektarni tashkil etadi. Dam oluvchilar bu so‘lim go‘shada sayr qilib, serjilo tabiat bag‘rida dam olishayotir.

H.Kamolova

Oldingi sahifaSaboq
Keyingi sahifaUzunlik yoshlar 2- va 3-o‘rinda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun