Diqqat piyoda…

Date:

Yo‘llarda harakatlanar ekan piyodaning ham, ulovdagi haydovchining-da, o‘z majburiyati, amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalari mavjud. Unga rioya etish esa manzilga sog‘-omon yetib olish garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Yo‘l qoidalariga rioya etmoqlik qoidani buzmaslikka olib keladi. Ammo, afsuski, ba’zan piyodalarning shoshma-shosharligi, bir necha metr masofa yurishga erinib, aynan piyodalar o‘tish yo‘lagidan emas, istagan joyidan yo‘llarni kesib o‘tishi ko‘plab ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ladi. Xolbuki, piyodalar yo‘laklariga-da to‘xtamasdan o‘tadigan haydovchilar ham yo‘q emas.

Mana shunday boshboshdoqliklarning oldini olish maqsadida Angor tumanida IIB YHX xodimlari tomonidan «Diqqat piyoda!» tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, ta’lim muassasalari, bozor, korxona va tashkilotlarda YPX xodimlarining targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari natijasida yo‘l qoidasini buzish oqibatida kelib chiqadigan ko‘ngilsizliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar davomida transport vositasi serqatnov yo‘llarda piyodalar harakatlanishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq harakatlanish tartiblari bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Qolaversa, tadbirlarda piyodalarning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun