Tez yordamga “Volkswagen” keldi

Date:

Bugun deyarli barcha hududlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, aholi salomatligi uchun tibbiy brigadalar kun-u tun xizmatga shay. Ushbu sohada ham raqamli texnologiyalar yo‘lga qo‘yilishi esa yangilik bo‘ldi, deya olamiz.
Tez tibbiy yordam sifatini oshirish, murojaatlarni qabul qilish va tibbiy brigadalarni manzillarga yoʻnaltirishning raqamli texnologiyalarini joriy etish vazifasini soha xodimlari oldiga asosiy vazifa sifatida belgilab bergan viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Respublika tez tibbiy yordam markaziga topshiriqlar ijrosini o‘rganish va olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurdi.


“Call center” faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, joriy qilingan raqamli texnologiyalarning ishlash holati bilan tanishildi.
Tez tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida filialga yana qoʻshimcha 3 ta “Volkswagen” tez tibbiy yordam mashinalari, 2 ta elektroskuter va tibbiy brigadalarga murojaatlar manzillarini onlayn koʻrib borish uchun planshetlar hamda boshqa zaruriy jihozlar topshirildi. Elektroskuterlardan manzilning oʻzida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun sinov tariqasida foydalanish yoʻlga qoʻyilmoqda. Mazkur tibbiy xizmat oʻz samarasini bersa, kelgusida ushbu xizmatdan kengroq foydalanilishi ta’kidlandi.


Viloyat rahbari aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatli va manzilli boʻlishi, tez tibbiy yordam bemorlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishi muhim ekanligini ta’kidladi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...

35 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga...

Ijodkor va ziyolilar rag‘batlantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, 2025-yildan boshlab adabiyot, madaniyat,...
KunTun
KunTun