Mohinur talaba bo‘ldi

Date:

Talaba bo‘lishni ko‘ngliga tugib, imtihon sanasini intiqlik bilan kutamiz va g‘alvir suvdan ko‘tariladigan kunga tirishqoqlik bilan tayyorlanamiz. Bilimlarimiz, mehnat-u mashaqqatimiz mevasi o‘laroq talabalik baxtiga erishsak, omadimiz. Aks holda esa keyingi safarga qadar o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.
Muzrabot tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohinur Ilhomovaning esa imtihon kunini kutishiga hojat qolmadi. Chunki u muddatidan oldin Termiz davlat universiteti talabasi bo‘ldi.
Qanday deysizmi, Mohinur Termiz davlat universiteti tomondan berilgan olimpiadaga ishtirok etib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Berilgan test topshiriqlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, faxrli 2-oʻrinni egalladi. Bu esa uni talaba bo‘lish baxtiga muyassar qildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun