Kulgu zavqini ulashib…

Date:

Afandi o‘zbek xalq og‘zaki ijodida o‘ziga xos va komik obrazdir. Uning sarguzashtlari nafaqat tomoshabinda kulgu qo‘zg‘aydi, balki davrning achchiq haqiqatlarini, og‘riqlarini ochiq berish bilan birga munosib yechim topib bera olishi bilan, haqiqat va adolatning, ezgulikning tantanasi bilan ahamiyatli. Teatr haftaligi doirasida esa Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston davlat drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Ojiza demang bizni” nomli komedik spektakl namoyish etildi.


Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” asari asosida Rasuljon Togʻayqulov rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan mazkur spektaklda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning har jabhada ilg‘or ekanligi aktyorlar tomonidan mohirona ijro etildi. Ayniqsa, haftalik doirasida talabalar e’tiboriga komediya janridagi spektaklning havola etilishi, yoshlarga haqiqiy kulgu zavqini ulashdi. Shuningdek, tomoshabinlar aktyorlar ijrosidagi joʻshqin, shoʻx musiqa va raqslardan bahramand boʻlishdi.
Oliygohda spektal tomoshalari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun