KO‘ZI OJIZ PEDAGOGLAR UCHUN IMTIYOZ BORMI?

Date:

Tug‘ma yoki hayoti davomida qandaydir baxtsiz hodisa sabab nogiron bo‘lib qolganlar ham yo‘q emas. Mana shunday sinovlarni mardonavor yengib, hayotini kelgan joyidan davom ettirishga to‘g‘ri keladi. Ishlash, turmush g‘amini yeyish lozim. Nogironligi bor shaxslarni oddiy insonlardek qabul qilish, ular bilan birgalikda ishlash tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan bir paytda davlatimiz tomonidan ularga bir qator imkoniyat va imtiyozlar ham belgilab qo‘yilgan.
Xuddi shunday qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar sog‘lom kadrlardan farqli o‘laroq 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli. Bunday shaxslar 2 yilda bir marta nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar esa umumiy qabulning 2 foiz miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi. Ha aytgancha, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan nogironligi bor yoshlar nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, ularning ta’lim harajatlari bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi subsidiya asosida qoplab beriladi.
Ana shunday shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul sog‘liklarini tiklashlari, yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ishga ham sinov muddatisiz qabul qilinadi. Qolaversa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat muassasalarida kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi.

Manbalar asosida S.Davlatova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun