Ilk marotaba…

Date:

Inson kasb-hunar o‘rganib, mehnati mahsuli odamlarga manzur bo‘la boshlasa, bir quvonsa, cho‘ntagi bir-ikki so‘m ko‘rayotganidan yanada rag‘bat oladi. Ha, rag‘bat ishga mehrimiz va ihlosimizni oshiradi. Tikish-bichish bilan ro‘zg‘orini butlayotgan, ish o‘rinlari yaratib, jamiyatga naf keltirayotgan xotin-qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.
Sariosiyoda tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi 18-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida ilk marotaba “Tikuvchilik” tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tgani qo‘li gul chevar qizlar uchun e’tiborning yuksak namunasi bo‘ldi.
Tikish-bichishni o‘rganish uchun qunt va qiziqish bo‘lsa yetarli. Bu hunarni o‘rganib, faoliyat davomida tajriba oshirib borish mumkin. Tanlovda ishtirok etgan tikuvchilar kasb sirlarini nechog‘lik o‘rganishganini, mahoratlarini namoyish etishdi. Aytish kerakki, ular kasb-u kori, boy tajribasi bilan yoshlarga, endigina kasb-hunar o‘rganishni diliga tukkanlarga yaxshigina o‘rnak va namuna, motivatsiya bo‘la oladi. O‘z ishining professionali deya topilganlarga shogird tushishni istaydiganlar ham topilishi hech gap emas. Aslida ana shunday maqsadga qaratilgan tanlov o‘zini oqladi deb aytish mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun