“Yashil chiroq”da “Burgut” g‘olib

Date:

Qachon qaramang, yo‘llar tirband, avtoulovlar harakati betinim. Yo‘l qoidasiga amal qilmaydigan haydovchilar ham ko‘p. Piyodalar ko‘chaga chiqdimi, beixtiyor harakat ishtirokchisiga aylanishini, yo‘llarni kesib o‘tayotganda yo‘l harakati qoidasiga amal qilishi kerakligini unutmasligi muhim.
Svetafor ham, piyodalar o‘tish joylari ham, faqat va faqat fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yoshlar “yashil chiroq”, “qizil chiroq”ning vazifalari nimalardan iborat ekanligini bolalikdan o‘rganishi kerak. Ana shundagina uyda, ishda, ko‘cha-ko‘yda ham bolalarimizdan ko‘nglimiz to‘q, xotirjam o‘tiramiz. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalariga va maktabga boradigan bolajonlarga tarbiyachilar va o‘qituvchilar ushbu qoidalarni obdon o‘rgatishi shart. Ayni damda joylarda “Yashil chiroq” musobaqalari o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu.
Oltinsoy tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqasining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Musobaqada jamoalar safda yurish tayyorgarligi, piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov, yosh velosipedchilar musobaqasi, chorraha maketini yasash, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, texnika ijodiyoti tanlovi, guruh sardorlari bellashuvi kabi 12 ta shart asosida qizg‘in bahs olib borishdi. Natijalarga ko‘ra musobaqaning viloyat bosqichiga 58-sonli maktabning “Burgut” jamoasi boradigan bo‘ldi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun