Ramazon hayiti kunlari 3 kun dam olamiz

Date:

O‘zbekistonda Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi Prezident  farmonida haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24-aprel (dushanba) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari:

22-aprel — shanba;

23-aprel — yakshanba;

24-aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish kuni).

Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar 22-aprel — shanba O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun