Muzokara olib borildi…

Date:

Bir paytlar yozning chillasida elektr energiyasining kuchlanishi pastligi sabab xonamizdagi konditsionerni ishlata olmay halak bo‘lardik. Issiqda o‘tirishga mahkum edik. Bugunchi, bu kabi masalalar muammo emas. Ayniqsa, quyosh elektrostansiyalarining o‘rnatilishi, o‘z uyimizni kerakli elektr energiyasi bilan ta’minlabgina qolmay, ortiqchasini sotishimiz ham mumkin. Mana shunday ishlarni rivojlantirish maqsadida esa Surxondaryo viloyatida ko‘plab xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan manfaatli shartnomalar imzolanib, amaliy harakatlar boshlab yuborilgan.
Turkiyaning “Europower” enerji kompaniyasi ham mintaqada elektr va energiya sohasida muhandislik, savdo va marketing bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Asosan kompaniya energiya ishlab chiqarish, tarqatish va yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan past, o‘rta va yuqori kuchlanishli tovarlarni to‘liq tezlikda ishlab chiqarishni va sotishni amalga oshiradi.
Kompaniya vakili Fuat Ege Aslan ham bu borada shunday deydi:
— Biz Turkiyada va butun dunyoda ko‘plab tovarlar va xizmatlarga ega bo‘lgan yuqori darajadagi mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlar va tovarlarni taqdim etamiz. Ishimizni dunyoning 5 qit’asi va 40 mamlakatida davom ettirmoqdamiz. 120 ta muhandis, ularning aksariyati elektr muhandislari va 1000 dan ortiq xodim bilan faol qurilish loyihalaridan tashqari turli sohalar bo‘yicha talab va ehtiyojga qarab mahsulot va xizmatlarni taklif qilamiz.
Boysun tumani hokimligida tuman hokimi B.Shukurov va mas’ullar ishtirokida “Europower” enerji kompaniyasi bilan muzokara olib borildi. Muzokaralar davomida Boysun tumanida energiya ishlab chiqarish, tarqatish va yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan past, o‘rta va yuqori kuchlanishli tovarlarni to‘liq tezlikda ishlab chiqarishni va sotishni amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tumanda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun