Eng yaxshi chelenjlar saralandi

Date:

Texnika asrida yashayapmiz. Maktab o‘quvchisining-da qo‘liga telefon yoki kompyuter tutqazsangiz, vaqtini shunchaki o‘tkazmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar ommalashgan, sahifalar ochib, mashhur bo‘lish, daromad ko‘rish imkoni mavjud bir davrda yoshlarning-da har jihatdan faolligini kuzatasiz. Qiziqarli, hazil-mutoyiba qo‘zg‘ovchi tasvirlar olib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilib, “like” yig‘ayotganlarni kuzatib borish urfga aylangan.
Ana shunday davrda turli bayram va sana munosabati bilan videoroliklar chelenjlari o‘tkazilayotgani ham yoshlarning iqtidorlarini, g‘oyalarini namoyon etguvchi bir imkon deyish mumkin. Yaqindagina Surxondaryo viloyatida yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan Yoshlar saylida Street Workout videoroliklar chelenji tanlovi e’lon qilingan edi.
Aytish kerakki, mavzuga bag‘ishlangan videoroliklar hakamlar e’tiborini tortdi. Ammo, ularning orasidan eng yaxshilarini saralash lozim edi. Shunday bo‘ldi ham. Oltinsoy tumanidagi 53-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Umarbek Sobirjonov jo‘natgan videorolik birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va muallif “Eng yosh sportchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun