Ko‘plar uchun ibratdir…

Date:

Qulupnay mazali va foydali meva. Uni sevib iste’mol qilamiz-u, ammo pishib yetilgunga qadar bo‘lgan mehnati haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Qulupnay e’tibor va qarovni hush ko‘radi. Boshqacha aytganda, dehqon-u bog‘bonning qarovidan, mehr va e’tiboridan rang oladi desa ham bo‘ladi. Sho‘rchilik Shaydulla Boboqulov esa qulupnay o‘stirishning sir-asrorlarini yaxshi biladi. Shuning uchunmi, ekinlari xafa qilmasdan mo‘l hosil beradi, ya’ni mazasi og‘izda qoladigan, ko‘rganda tatib ko‘r deydigan qulupnaylar bilan siylaydi.

     67-yoshli Shaydulla Boboqulov turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda yerga urug‘ qadab hosilni olgunga qadar tinim bilishmaydi. Yosh nihollarga o‘z farzandidek e’tibor qaratishadi. Bundan esa ular aslo charchash bilishmaydi. Qaytamga ishidan zavq olib, qulupnaylar hosilga kirganda bor charchoqlari chiqib ketgandek bo‘ladi. Maʼrifat targ‘ibotchilari Sho‘rchi tumaniga yo‘li tushganda Shaydulla Boboqulov xonadonida ham bo‘lishdi. Ushbu ibratli oila bilan suhbatda bo‘lishib, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan ham tanishishdi. Aytish kerakki, ayni vaqtda tomorqasida qulupnay parvarishlayotgan bu oilaning tadbirkorlik faoliyati ko‘plar uchun ibratdir.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun