“OTA-ONAMGA KO‘MAKCHIMAN…”

Date:

Ota farzand uchun ideal shaxs hisoblanadi. Har qanday o‘g‘il eng avvalo otasiga o‘xshashni istaydi. Bu esa tarbiyada juda muhim. Shu sababdan ham maktablarda ota-onalar emas, balki “otalar yig‘ilishi” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘g‘il-qiz hayotida otaning o‘rnidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bu eng to‘g‘ri qaror deyish mumkin. Ushbu tashabbusning natijalari oilalarda, farzandlar tarbiyasida ko‘rina boshlagani kishini quvontiradi. Ishdan ortgan otalar endi farzandlari taqdiriga yanada ma’suliyat bilan qaramoqda. Bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli tadbirlar uyushtirishmoqda. Birgalikda mutolaa zavqini tuyishsa, uyga vazifalarni tayyorlashda yordamlashadigan otalar ham bor.


Uy yumushlari esa hamjihatlikda yanada maroqli. Sariosiyo tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqt topishdiki, ota-onalari bilan mehnat qilishib, kundalik yumushlarni bajarishga kirishgan.
Bo‘lib o‘tayotgan “Otalar yig‘ilishi”dan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu — yoshlarni mehnatga o‘rgatish, kasbga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, oilada ota-ona va farzandlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarni yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy tadbig‘ini ko‘rish mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun