Tajribasi ommalashsa…

Date:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish voha ahlining asosiy mashg‘uloti bo‘ladigan bo‘lsa, asalarichilikda ham viloyatimiz mehnatkashlarining katta tajribasi borligini e’tirof etib o‘tish lozim. Sifatli va toza asal yetishtirishning hadisini olgan asalarichilar, mitti mehnatkashlarga qishin-yozin g‘amxo‘rlik qilib, asal olishadi.
Mo‘l asal olishda asalarilar qatori asalarichilar ham tinim bilmaydi. Yozda tog‘-u adirliklar izlab ketishsa, qishdan eson-omon chiqarishning ham o‘z mashaqqatlari bor.

Bu mashaqqatlarning mevasi esa bolday shirin asaldir. Asalarichilarning tajribasi esa asalarichilikni ommalashtirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumani “Gulobod” MFYda joylashgan “Yusuf davr” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, tumandagi asalarichi fermer xo‘jaliklarining asalari oilasi boquvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida soha mehnatkashlari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi hamda takliflar inobatga olingan holda kelgusi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, soha zahmatkashlari viloyat hokimi tomonidan e’tirof etilib, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun