Yana 90 nafar bola bog‘chaga boradi

Date:

Maktabgacha yoshidagi bolalarni bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida viloyatimizda tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida “Chorgul” mahallasidagi oilalarda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 90 o‘rinli “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida yangi bog‘chaning qurib bitkazilgani esa ana shunday ishlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin. Ochilish marosimi esa chorgulliklarni quvontirdi. Sababi endi ularning farzandlari ham bog‘chaga borib, ta’lim-tarbiya oladi, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishadi.
Ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy qiyofa kasb etibgina qolmay, barcha shart-sharoit va imkoniyatlarga ega. Xonalar yorug‘ va shinam. Qolaversa, barcha yumshoq va qattiq mebellar, mashg‘ulotlar uchun zaruriy ashyolar bilan ta’minlangan.
Asosiysi esa bino qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilishi natijasida maktabgacha taʼlimga jalb qilinmagan bolalar qamrab olindi, shuningdek, mahalladagi 16 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun