Har kuni iftorlik…

Date:

Ramazon xayr-u barokat oyidir. Barcha yaxshiliklar, ezgu amallarimiz bu oyda savoblarimizni o‘n karra ko‘paytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, yo‘qsillar holidan xabar olib, kemtik ko‘ngillarga saxovat ulashish, shod etish eng yaxshi amaldir. Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘ttiz kunlik Ramazon oyida eng og‘ir mahallalarda kam taʼminlanganlarni taklif qilib, iftorlik o‘tkazish, ko‘ngli o‘ksik, mo‘min-musulmonlarni og‘irini yengil qilish tashabbusini ilgari surib, bu borada diniy soha vakillariga o‘z tavsiyalarini bergan edi.

Ana shu tavsiyalarning amaliy ko‘rinishi esa har kuni vohamizning har bir hududida tashkil etilib, yuzlab, minglab ro‘zadorlarning ko‘nglini nurafshon etayotir. Ramazon oyining ilk kunidan boshlab Termiz shahri va tumanlardagi to‘yxonalar, xonadonlarda nuroniy otaxon va onaxonlar, ro‘zadorlar ishtirokida iftorliklar o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday saxovat tadbirlarining navbatdagisi Termiz shahri “Baynalminal” mahallasidagi oilalarning birida o‘tkazilgan bo‘lsa, Sherobod tumanidagi mahallalardagi xonadonlarda ham jami 600 nafardan ortiq ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Iftorliklarda jonliqlar so‘yilib, imomlar tomonidan Qurʼon tilovat qilindi. Yakunda shunday muborak oyda yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar faravonligini so‘rab duo qilindi. Bu kabi xayrli ishlar Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun