YPX xodimlari narkotesterdan foydalanadi

Date:

Afsuski, so‘nggi paytlarda yoshlar orasida turli xil psixotrop moddalarni qabul qilish holatlari, ayniqsa, kuchaydi. To‘xtalmoqchi bo‘lganimiz buning sabablari haqida emas, balki mana shunday holatlarda psixotrop vositalarni qabul qilgan shaxslarning o‘zlarini bilmagan holda ko‘cha-ko‘yda, piyoda yoki ulovda harakatlanib, turli ko‘ngilsizliklarga, yo‘l transport hodisalariga sabab bo‘layotgani haqida…
Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori bilan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ana shu qo‘shimchalarda esa transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda yordam beradigan narkotester maxsus moslamasidan foydalanish ham nazarda tutilgan.
Buning uchun tibbiy ekspertiza qilish choralariga hojat qolmaydi. Narkotester maxsus moslamasidan foydalanish orqali aniq tashxis qo‘yiladi. Bordi-yu, narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlansa, bunday hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi ham aniq belgilab o‘tilgan.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun