Har so‘zi ibrat

Date:

Hayot saboqlari, milliy qarashlar, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, albatta, yoshi ulug‘larimiz, munis onaxonlarimiz-u momolarimizning nasihatlari, pur-ma’no o‘gitlari bilan ong-u shuurimizga singadi. Ana shunday insonlarning katta hayot yo‘li, boy tajribasi singgan fikrlar hayotiy maktab aslida. Shu sababdan ham mahallalarimizda yoshi ulug‘ kayvoni onaxonlarning xizmatlariga, maslahatlariga tayanamiz, suyanamiz. O‘z navbatida murosaga kela olmayotgan yosh oila vakillari ham, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan yoshlar ham buvijonlar tanbehini jimgina tinglashadi, quloq tutishadi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabida “Buvijonlar ma’rifati” mavzusidagi uch avlod vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qildi. Mehmonlar ko‘nglini shod etish uchun o‘quvchilar tomonidan vatanni, ayolni, onani madh etuvchi she’rlar aytib berildi. So‘z navbati buvijonlarga berilganida esa yosh tomoshabinlar jon quloqlari bilan tingladilar. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib javob oldilar. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi. Bu esa barchaning ko‘nglida iliq va yorqin taassurotlar qoldirgan bo‘lsa, ajab emas.
Hayot saboqlaridan dars olgan, hayotning achchiq-chuchugini tatigan keksalarimiz bor ekan, hayotimiz mazmunli, uylarimiz fayzli. Ularning mehrli va sehrli so‘zlari, hayot deb atalmish, kitobdan o‘rgangan o‘gitlari, chiqargan xulosalari bizning-da hayotimizni nurafshon etadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun