Dalvarzintepaga sayohat

Date:

6-7 yoshli o‘g‘il-qizlar katta taasuurotlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yish arafasida. Maktabga tayyorlov to‘garaklari esa allaqachon boshlanib ketgan bo‘lib, bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchilari qo‘llariga qalam tutib, harf elementlarini yozish-chizishni, matematik amallarni hisoblashni o‘rganishayotir. Sho‘rchi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan “Maktabga tayyorlov” to‘garagida mana shunday jarayonlar allaqachon qizg‘in tus olgan.
Boshlang‘ich bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashsa, taassurotlar bilan boyitilsa, bolalar dunyoqarashida, xotirasida yanada ijobiy ta’sir etadi. Atrof-muhitga, tarixga, turli sohalarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, balki kelajak taqdirida muhim burilish yasar. Shu jihatlarni hisobga olgan “Barkamol avlod” bolalar maktabining tashabbuskor mutaxassislari “Maktabga tayyorlov” to‘garagi a’zolarini milliy madaniy merosimiz bilan tanishtirish va ushbu qadimiy yodgorlik haqida ma’lumotlar berish maqsadida tumandagi “Dalvarzintepa” yodgorligiga sayohat uyushtirdilar.
Tarixiy yodgorlikni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rayotgan bolalar nigohida hayrat mujassam. Ularning qiziqish ila mutaxassislarni tinglashdi, savollar berishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun