Referendumga tayyor…

Date:

Konstitutsiyamizning qonun loyihasi keng jamoatchilik hukmiga havola etildi. Ushbu loyiha bilan tanishgan borki, o‘zgarish va yangiliklardan mamnun. Huquqlari qonun bilan yanada mustahkamlanayotgani qonunimizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishga xizmat qiladi. Demak, joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan refendum hech bir fuqaroni e’tiborsiz qoldirmaydi.
Referendumni risoladagidek o‘tkazish, xalqimizning har bir vakili uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida joylarda puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan. Jarayon qanday ketayotganini ko‘rish maqsadida Uzun tuman hokimi referendum o‘tkaziladigan uchastkalarda bo‘lib, bino va jihozlar holatini ko‘zdan kechirdi. Uchastkadagi masʼullariga referendumni yuksak saviyada o‘tkazish uchun saylov uchastkasini qanday jihozlash va nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.
Mutasaddilarga uchastka komissiyalari joylashgan binolar o‘rnatilgan tarzda jihozlanishi, yozuv anjomlari bilan taʼminlangan yashirin ovoz berish kabinalari ovoz beruvchilar sonidan kelib chiqib tartibga keltirilishi hamda SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter hamda kerakli moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar), uzluksiz internet aloqasi bilan taʼminlangan holda bo‘lishi kabi vazifalar topshirildi.
Referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risidagi qonunida (https://lex.uz/mobileact/81253) belgilangan tartib va normalari asosida tuzilishiga eʼtibor qaratish hamda yetarli shart-sharoitlarni yaratish lozim.

Hilol

Oldingi sahifaMASALA
Keyingi sahifaO‘zbekiston-Koreya hamkorlikda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun