MASALA

Date:

– Aya, – deya o‘g‘li kitobini ko‘tarib, serial ko‘rayotgan onasining oldiga keldi. – Маsаlаm…
– O‘chirib tur, – o‘g‘lini jerkib solgan ona ko‘zlarini ekrandan uzmasdan quloqlariga qistirilgan telefoniga shang‘illadi: – Ko‘rdingmi, Shaxxi, to‘g‘ri qildi yolg‘on аytib… aytuvdim-ku buyam eriga qasdma-qasd xiyonat qiladi deb… Ajab qildi…
O‘g‘il telefon titkilayotgan otaning tepasiga bordi:
– Dada…
Ota boshini ham ko‘tarmasdan qo‘l siltadi. Mitti ekranda kunning eng muhim voqealari tasvirlari o‘ta boshladi: Yaponiyada zilzila, AQShda dovul, Indoneziyada vulqon, Afg‘onistonda portlash…
Masala yana yechilmadi.
Shundoqqina qo‘shni xonada kitobini uloqtirib uxlashga yotdi – ulg‘ayayotgan yolg‘on… xiyonat… zilzila… vulqon… dovul… bomba…

Nuriddin Egamov

Oldingi sahifaRobot ixtiro qildi
Keyingi sahifaReferendumga tayyor…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun