Yutuq 2 million…

Date:

Yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari ularning o‘zi va yaqinlariniki emas, barchaniki, xalqniki hamdir. Bunday hushxabarlar eshitgan quloqqa yoqib, ko‘ngilga faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Farzandlarimizni ham ayni shu yo‘lda borishini orzu qilamiz.
Sportda, ilm-u fanda, san’at yo‘lida ijod qilayotganlar, albatta, ajoyib motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. “Navro‘z sadolari 9” xalqaro festivali ana shunday iqtidorlarni kashf etib, yuzaga chiqarishni maqsad qilgan. Unda ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etganlar esa tomoshabinlarning ko‘nglidan joy olib, mehr-muhabbatini ham qozongani rost.
Ayniqsa, festivalning yakuniy bosqichida 18-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining “Joziba” ansambli a’zosi Tarona Rajabova ham ishtirok etdi va faolligi uchun “Umid” nominatsiyasiga munosib ko‘rildi hamda diplomi va 2 million so‘m pul yutug‘i bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun