Jurnalist bo‘lishni istaysizmi?

Date:

Jurnalistika sohasida o‘z yo‘li, uslubi va qalamiga ega mahoratli jurnalistlarning sohaga kirib kelishi ham aynan havasdan, istakdan boshlangan.
Xo‘sh, sohaga birinchi qadam qanday tashlanadi? Jurnalist bo‘lish uchun nima qilish kerak? “Surxon tongi” gazetasi qoshida tashkil etilgan “Ilk qadam” to‘garagi aynan shunday savolarga javob berish bilan birga jurnalistikaga qiziqadigan yoshlarni ta’lim olishga taklif etadi. Jurnalistik janr — intervyu olish sirlari, maqola, xabar tayyorlash yo‘l-yo‘riqlari va boshqa sizni qiziqtirgan ko‘plab mavzularda amaliy va nazariy bilimlar beradi. Tasavvur olamingizni kengaytirib, taassurotlaringizni oshiradi. Eng muhimi, o‘z kasbining mohir mutaxassislari bo‘lmish tajribali jurnalistlar tomonidan darslar olib boriladi.
Shunday ekan, to‘garak a’zoligiga shoshiling.
Ma’lumot uchun telefon: +998976300507

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun