Yozganlari bir kitobda jam

Date:

She’rning tug‘ilishi uchun yurakda dard, og‘riqlar g‘alayon ko‘tarmog‘i, vujudni azoblab, so‘zlar, misralar oq qozog‘ozni qoralayverishi lozim. Yurakdan to‘kilganlari kuyga solingan yanglig‘ bir nafasda o‘qilsa, so‘z dardi sizni-da azoblab, sizga-da tanish bo‘lsa, demak bu shunchaki so‘zlar qorishmasi emas, u she’rdir. Balki barcha shoirdir, ammo hamma ham uni qog‘ozga to‘kib, qalbini yalang‘ochlayvermaydi. Buning uchun katta jur’at, iste’dod kerak. Oynoxol Mamaziyayeva esa qo‘liga qalam tutib, u bilan sirlashayotganiga, qog‘ozga shivirlashni boshlaganiga ancha bo‘lgan. Asli kasbi o‘qituvchilik bo‘lsa-da, bu ikki mashg‘ulotni birdek olib borayotir. Ijoddan kechish shoira uchun fojiadek gap.

Oynoxol Mamaziyayeva Oltinsoy tumanidagi 46-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fanidan o‘g‘il-qizlarga saboq berar ekan, barchani adabiyotga oshno qilishga, she’riyat olamiga olib kirishga urinadi. O‘zi esa yozishdan, satrlarni qoralashdan to‘xtamaydi. Yozganlari esa  yangi “Mening umr yo‘llarim” sheʼriy to‘plami sifatida nashrdan chiqqani ijodkor o‘qituvchining hamkasblari-yu shogirdlarini, yaqinlarini quvontirdi.

“Mening umr yo‘llarim”ni varaqlasangiz, shoiraning iqrorlari, umr yo‘llarida anglagan haqiqatlari, tug‘yonlari-yu hasratlari bilan yuzlashganday bo‘lasiz. Olam-olam ma’no uqib, she’riyat bo‘stonida ma’naviy xordiq chiqarasiz. Ha aytgancha, ushbu she’riy to‘plam shoiraning birinchi kitobi emas va albatta, oxirgisi ham… Bungacha ijodkor ustozning “Ko‘zlarimning qarog‘isan, Vatanim”, “Ko‘ngil navosi”, “Yaxshilar bor dunyoda”, “Mening otam”, “O‘n sakkiz yoshingda” hamda “Yuzlari oftobdir, so‘zlari sehr” kitoblari she’riyat ixlosmandlari qo‘liga yetib borgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi g‘alabalar – yangi marralar

Farg‘ona viloyatida sportning sambo turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va...

Bolalar himoyamizda

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalarga...

Ikkinchi bosqich qizg‘in tus oldi

Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish...

Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Angor tumanida qurilayotgan...
KunTun
KunTun