Sherzod chempionlik shohsupasida

Date:

Surxon o‘g‘lonlari Alpomishlar avlodi emasmi, kelbati-yu kuchi bilan davralarda nom qozonmay qolmaydi. Bolalikdan mashg‘uloti-yu o‘yini ham, ermagi ham kuch sinashish bo‘lgani uchunmi jamiiyki harakatlari bilagini kuchga to‘ldirishga xizmat qiladi. Shu sababdan qay sport turida o‘zlarini sinashmasin eng yuqori marralarni zabt etmasdan qolmaydi. Jizzax viloyatida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ham xuddi shunday bo‘ldi.
Uzunlikka sakrash sport turidan bo‘lgan bellashuvlarda o‘smirlar o‘z imkoniyat va mahoratlarini ishga soldilar. 6,01 metr natija ko‘rsatgan surxondaryolik, Muzrabot tumanidagi 28-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Sherzod Abdumajidovga teng keladigani topilmadi. Yosh sportchi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun