MILLIYLIKNING ZAMONAVIY TALQINI

Date:

Bozor-u do‘konlardan naqshinkor va ko‘zni qamashtirguvchi gilamlarni tanlab, saralab xarid qilamiz-u, uni tayyor holatga kelib, egasiga yetgunga qadar bo‘lgan jarayon, mashaqqat haqida hech ham o‘ylab ko‘rmaymiz. Aslida gilamdo‘zlik yuksak did, nafislik, sinchkovlik, sabr-toqat talab etadi.
Shunchaki, bekorchilikdan gilam to‘qib bo‘lmaydi. Gilamdagi rang, naqshlar uyg‘unligi bir san’at bo‘lsa, u o‘ziga xos ma’no kasb etishi bilan qiymatli. Gilamchilik maktabini yaxshi o‘zlashtira olgan, san’atga oshno ko‘ngilgina gilamdo‘z bo‘la oladi. Qiziriq tumani Barkamol avlod bolalar maktabiga qarashli 16-IDUMda tashkil etilgan “Gilamdo‘zlik” to‘garagida esa ana shunday yoshlar shakllanmoqdaki, to‘garak aʼzolarining har biri qunt bilan, mehr va e’tibor ila ustozi aytganlarini o‘zlashtirib, nafis san’at yaratishga urinishadi.
Mashg‘ulotlar davomida gilamning har xil turlarini to‘qishni o‘rgatib kelayotgan Dilafro‘z Choriyeva bu safar geometrik shaklli chizmalar to‘qish sirlarini o‘rgatdi. Qizlarning qiziqishi baland. Ular oddiy ipdan go‘zal naqshlar yaratishmoqda.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun