Qizlar to‘p surdi

Date:

Futbol ishqibozlari oynai jahon orqali beriladigan chempionatlarning hech birini o‘tkazib yubormaydi. Hatto xalq orasida “Real”mi, “Barsa”mi degan jumlalar keng tarqalgan. Ana shunday ishqibozlar ichida xotin-qizlar ham yo‘q emas. Nozik xilqat vakilalari nafaqat futbol o‘yinini tomosha qilishga, balki o‘zlari bevosita futbol o‘ynashga ham qiziqishadi. Ular ham koptokni mohirona oshirishlari, raqiblarini aldab sheriklariga uzatishlari, hatto raqib jamoaning darvozasiga gol urishlari ham mumkin. Faqat jarayonni kuzatibgina fikrlarimizning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilasiz.
Termiz davlat universitetida sportning futbol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ochiq turnirda qizlar va o‘smirlar jamoalari o‘zaro to‘p surdilar. O‘yin qiziqarli va shiddatli vaziyatlarga boy o‘tdi. Futbolchi qizlar o‘z mohirliklarini, koptokni boshqarishda nechog‘lik chapdast ekanliklarini ko‘rsatib qo‘ydilar. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali jamoasi 3-, Denov tuman maktablari terma jamoasi 2-o‘ringa munosib ko‘rildi. Termiz davlat universiteti jamoasi esa ustunlikni qo‘ldan boy bermay 1-o‘rinni egallashdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun