Qadriyatlar qadr topdi

Date:

Yoshligimizda mahallaning o‘g‘il-qizlari to‘planib qolsak, oq terakmi, ko‘k terak o‘ynab yelib yugurardik. Yo yutqazib raqib jamoaning sonini bittaga ko‘paytirardik, yo bittasini o‘zimiz bilan olib qaytardik. Charchoq bilmasdik, o‘yinqaroqligimiz, bolalarcha sho‘xliklarimizni eslash xayollarimizni o‘sha davrlarga olib ketadi.
Hozir esa bolalarning mashg‘uloti o‘zgargan. Kompyuter va telefon o‘yinlaridan mukkasidan ketganidan 4 ta bola yig‘ilsa, gurungi qo‘shilmaydi yoki suhbati, albatta, virtual olamdagi hayot haqida bo‘ladi. Yoshlarni reallikka qaytarish, xalqona o‘yinlarning zavqini tuyishlari uchun imkoniyat yaratish lozim. Ana shundagina yoshlikning zavqini, shiddatini his ettirish mumkin. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Angor tumani bo‘linmasi ana shunday muhitni yaratish maqsadida yaxshi bir tashabbusga qo‘l urdi. Tumandagi 4-sonli umumta’lim maktabida “Qadriyatlari qadr topgan yurt” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda milliy o‘yinlar, urf-odatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari hamda o‘zbek, turkman, rus xalqlari madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Milliy taomlar ko‘rgazmasi esa ishtahalarni qitiqlab, ana shu taomlarning tayyorlanishiga, o‘ziga xos tarixiga qiziqish uyg‘otdi. Kayvoni onaxonlar, chechalarning bir-biridan qiziq hikoyalari, childirmani o‘ynatib, xalq laparlaridan kuylaganlari esa ko‘ngillarni shod ayladi.
Tadbirda ishtirok etgan yosh borki, xalq o‘yinlarida ishtirok etib, o‘zlarining kuchlarini sinab ko‘rishdi. Kimlardir kurash tushib, raqibi bilan olishdi. Kimlardir tosh ko‘tarishda imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Arqon tortish jarayoni esa ayniqsa, qiziq bo‘ldi. Jamoalar muvozanatni saqlab, g‘oliblik uchun harakat qildilar. “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Besh tosh”, “Chillak” kabi milliy o‘yinlar ham barchada qiziqish uyg‘otdi.
“Yashil olam” mavzusida tashkil etilgan rasmlar tanlovida esa yosh musavvirlar tabiat qo‘ynida bor iste’dod va mahoratlarini ishga soldilar. Bir so‘z bilan aytganda ushbu tadbirda haqiqatda qadriyatlarimiz qadr topib, xalq o‘yinlarining ahamiyati va naqadar qiziqarli ekanini o‘g‘il-qizlar o‘zlari amalda o‘ynagan holda his etdilar. Mana shunday tadbirlar tez-tez tashkil etilar ekan, albatta, milliy xalq o‘yinlari unutilmaydi, avloddan-avlodlarga o‘tib, qadr topib boraveradi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun