Tayyorgarlik avjida

Date:

Navro‘z ayyomi yaqin. Sanoqli kunlardan keyin vohamizda tumanlar bo‘ylab ayyom shodiyonalari, xalq sayllari boshlanib ketadi. Xalqimizning har bir vakili bayram bo‘ladigan kun erta tongdan milliy qadriyatlarimiz qadr topadigan, tarannum etiladigan kunni nishonlash, ko‘ngil yozish bahonasida saylga otlanishadi. Bu kun ko‘ngilga o‘zgacha hayajon solib, intiqlik ila kutishimizga sabab bo‘layotgani ham sir emas.
Ayyom ko‘p bilan, birdamlik bilan qiziq. Bayramni ko‘ngildagidek tashkil etish, kun tartibidan o‘rin olgan tadbirlarni risoladagidek o‘tkazish uchun esa mas’ullar kunni kun, tunni tun demay harakat qilishmoqda, tayyorgarlikni joyiga qo‘yishmoqda. Shu jumladan xavfsizlik masalalari ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Asosiysi bo‘lib o‘tajak Navro‘z sayli xalq xotirasida, qalbida uzoq yillar saqlanib qolsin.
Shu munosabat bilan Uzun tumanidagi markaziy o‘yingohda fuqaro muhofazasi oyligi hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati saf ko‘rigi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotir. O‘quv mashg‘ulotlarda tumanda o‘tkaziladigan bayramda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in yoki yer qimirlashi vaqtida tomoshabinlarni evakuatsiya qilish va qutqaruv ishlari amalga oshirish nazarda tutilgan. Qolaversa, tadbir o‘tkaziladigan hudud atroflari ko‘zdan kechirilish ishlari ham davom etmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun