“Ishonavering, taomlarning mazasi bir-birini takrorlamaydi”

Date:

Tog‘larning yuksak viqori aks etgan keng yelkali alp erlarning, adirlarning kengligi fe’llarida tovlangan ayollarning jamuljamligi milliy taomlar saylining Sinada tashkil etilgani bejiz emasligini ko‘rsatdi. Yuzida tabassum, ochiq chehrali odamlarning mehmonnavozligi esa saylning fayzini oshirdi deyish mumkin.
— Bugungi gastronomik saylda 1001 nomdagi milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi, — deydi sayl tashkilotchilaridan Xosiyatxon Jo‘rayeva. — Dasturxonning noz-ne’matlar bilan to‘la ekanligi, albatta, ko‘zni quvnatadi. Navro‘zoldi bu kabi tadbirlarning qishlog‘imizda tashkil etilgani xalqimizga bahoriy bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Taomlarning degustatsiyasiga chog‘lanib, har biridan tatib ko‘rar ekansiz, ishonavering, taomlarning mazasi bir-birini takrorlamaydi. Qolaversa, ayollarning mohir pazanda ekanligini, xalqning mehmon kutishdagi o‘ziga xos kreativligi ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Sinadan maxsus

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun