1100 tup ko‘chat o‘tkazib…

Date:

Har qadamda obodlik, saranjom-sarishtalik hukmron. Ona tabiat o‘z sepini yoyib, ko‘klamoy kirib kelgandan buyon voha ahlining ham atrof-muhitga munosabati o‘zgargan. O‘zgarishlarga, yangilanishlarga munosib tarzda yon atrofga mehr berishdan, obod qilishdan to‘xtamayapti. Ariqlar tozlangan, kamalak rang gullar ekilib, daraxtlar osti yumshatilib, tanasi oqlangan.
Ha, go‘zallik barq urgan ko‘chalarga, bog‘-rog‘larga boqish kishining zavqini keltiradi, bahri dilini ochadi. Ana shunday obodonlashtirish ishlariga hamohang tarzda “Yashil makon” dasturi asosida viloyatimiz bo‘ylab mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlari ekish ham avj pallada. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “SURHANCEMENTINVEST” xorijiy korxonasi hududida ham jarayon qizg‘in tus olgan. Shijoat ila boshlangan ish esa unumli bo‘ldi. Korxonaning jonkuar xodimlari shu kunga qadar 1100 tup mevali va manzarali ko‘chat o‘tkazib, o‘zlariga tegishli bo‘sh yer maydonini bog‘zorga aylantirishdi.
Xorijiy korxonada hozirda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Hilol

Oldingi sahifaBuvimni eslab…
Keyingi sahifaTayyorgarlik avjida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun