Tillarni bilgan ustama oladi

Date:

Til bilishning foydali va imtiyozli jihatlari talaygina. Ayniqsa, xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar faqat oliy ta’limga va undan keyingi bosqichlarda o‘qishga kirishga kerak bo‘ladi, xolos deydiganlar qattiq yanglishadi. Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlarining lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama berish tartibi joriy etilgan (https://lex.uz/docs/5426736).
Shuningdek, taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab beriladi. Bu esa mashaqqat ila til o‘rganganlar mehnatining mevasi deyish mumkin. Qolaversa, oylik maoshini oshirishning eng yaxshi va eng maqbul yechimi bo‘lib xizmat qilayotir.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun