Sog‘lom bo‘lish uchun…

Date:

Sog‘lom va tetik bo‘lish uchun albatta, sog‘lom turmush tarziga, tozalikka, gigiyenaga amal qilish bilan birga ovqatlanish ratsioniga rioya qilmoq va sportni kanda qilmaslik lozim. Sport deganda ham qandaydir mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish emas, piyoda yurish, ertalabki badantarbiyani unutmasak bo‘lgani. Mana shunday oddiy haqiqatlar sog‘lom yashashga, uzoq umr ko‘rishga xizmat qiladi. Afsuski, bunga har doim ham e’tibor bermaymiz yoki rioya qilmaymiz.

Angor tumanidagi “Zang” oilaviy shifokorlik punktida viloyat davolash-profilaktika muassasalari va tuman tibbiyot birlashmasining oliy toifali tibbiyot xodimlari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bahonasida ana shunday haqiqatlarni tushuntirishga harakat qilishdi. Tibbiyot xodimlari aytayotganlariga o‘zlari amal qilishlarini ko‘rsatish maqsadida tuman ahli bilan birgalikda 5000 ming qadam piyoda yurib, toza havoda sayr qildilar.

Shundan so‘ng, chuqarlashtirilgan tibbiy ko‘rik boshlanib ketdi. Pulmonolog, nevropatolog, pediatr, ginekolog, okulist, travmatolog, kardiolog, onkolog, stomatolog, urolog, terapevt, LOR, infesionist, xirurg kabi mutaxassislar sog‘igida shikoyatii bor bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli maslahat va tavsiyalarni berishgan bo‘lsa, rentgent flyuro, mammografiya, UZI, EKG kabi tekshiruvlari ham aniq tashxis qo‘yishga xizmat qildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun