Sariq jiletlardan foydalanish majburiymi?

Date:

Yo‘l transport hodisalariga guvoh bo‘lib qolsak, bir muddat sarosimaga tushib qolamiz. Avvalo, ko‘chaga chiqdikmi, piyoda yoki haydovchi bo‘lishimizdan qat’iy nazar ogoh va hushyor bo‘lish shart. Ana shundagina insonlarning shirin hayoti tahlika ostida qolmaydi. Mana shunday ko‘ngilsizlik va nohush voqealarning oldini olish maqsadida yurtimizda ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilayotir.
Yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kunning qorong‘u qismida kelgusida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibining joriy etiladi.
Soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan taʼminlanadi. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo‘lni taʼmirlashga masʼul xodimlar qorong‘ida nur qaytargichli kamzulda bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega. Shuningdek, qonunchilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan piyodalarning qorong‘ida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda bo‘lishini targ‘ib qilish yo‘l transport hodisalarining oldini olishda muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etilgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun