Laparoskopik usulda…

Date:

Laparoskopik jarrohlik amaliyoti keng qamrovli kesmalarni talab qilmaydigan jarrohlik muolajasidir. Ushbu amaliyot qorin bo‘shlig‘i yoki ko‘krak bo‘shlig‘ida ponksiyonlar amalga oshiriladi, so‘ngra laparoskop o‘tkaziladigan bir xil teshiklarga, ya’ni monitor va jarrohlik asboblarida tasvirni ko‘rsatadigan optik moslamaga maxsus naychalar (troiscarles) kiritiladi. Ushbu usul jarrohga o‘z ishining jarayonini kuzatishga va uni xatosiz bajarishga yordam beradi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limida ham ayni shunday yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. 6 nafar bemorda laparoskopik xolesistektomiya, 1 nafar bemorda laparoskopik exinokokektoniya yana 2 nafar bemorda tuxumdon kistektomiya va boshqa turdagi jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.
– Ilgarilari bu kabi jarrohlik amaliyotlari faqat poytaxtda yoki viloyat markazidagi tibbiyot muassasalarida o‘tkazilar edi, – deydi Angor tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sherzod Odinayev. – Endi tuman aholisi, ushbu turdagi kasalliklar uchun davo istab, vaqt va mablag‘ yo‘qotib poytaxtga va viloyat markaziga borishlariga hojat qolmadi. O‘zimizning malakali va qo‘li yengil jarrohlarimiz ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazib, bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun