Endi tarix va geografiya fanlaridan ham…

Date:

Xorij tillaridan birini bilish darajamizni belgilovchi sertifikatni qo‘lga kiritsak, bu oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imtihonlarida o‘sha blokdan test topshirmaslikka imtiyoz bo‘lib xizmat qilayotgandi. Bu tizimning boshqa fanlar uchun ham joriy etilishi esa abituriyentning o‘qishga kirish imkoniyatlarini yanada kafolatlab berayotir. O‘zbek tilidan ham milliy sertifikat berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani haqida eshitgan bo‘lsak, endi tarix va geografiya fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish joriy yilning 24-aprelidan 7-mayigacha amalga oshirilsa, test sinovlari kuni — 21-may etib belgilangan. Aytish kerakki, test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Manbalar asosida S.Davlatova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun