Ariq, zovur va kanallarni betonlash uchun…

Date:

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkasini oshirish orqali suv solig‘i bo‘yicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sug‘orish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yo‘naltirilishi sohadagi yaxshi yangilik deyish mumkin.
Joriy yil yakuniga qadar suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali kamida 7 milliard metr kub suv iqtisod qilinib, 300 ming gektar maydonda takroriy ekinlarni sug‘orishga yo‘naltiriladi.
Suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimini joriy etish maqsadida 13 mingta suv xo‘jaligi obyektlarini raqamlashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu vazifalar Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun