Yana 150 ta issiqxona tashkil etiladi

Date:

Aholi turmushini yaxshilash, farovonligini ta’minlashning eng birinchi qadami, ularni ish bilan band qilish, vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazishlarini ta’minlashdir. Ana shundagina har qanday muammo va illatlarning oldi olingan bo‘ladi. Shu maqsadda fuqarolarning qiziqish va layoqatlari bilan qiziqilib, ularga munosib sharoit yaratish, ish o‘rni yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun o‘rinli takliflar beriladi. Qiziriq tuman hokiminng tashabbusi bilan tumanning ishsiz qatlamini ish bilan band etish maqsadida xonadonlarida issiqxona qurish taklifi ko‘plar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Shundan so‘ng amaliy harakatlar ham boshlab yuborildi.
Aytish kerakki, issiqxona qurish ishlari qizg‘in tus olgan. Xonadon egalari yuz-ko‘zida xursandchilik va minnatdorlik hissi sezilib turibdi. Ular o‘zlari uchun mo‘ljallangan issiqxonalarda qanday ekinlar ekishlarini ham allaqachon rejalashtirib qo‘yishganini hokim bilan suhbat jarayonida aytib berishdi. Mana shunday fikrlarga hamohang tuman hokimi ham o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi. Tuman rahbarining topshirig‘iga asosan ushbu issiqxonalarga bulg‘or qalampiri, pomidor, bodring ko‘chatlari olib kelib berilishi issiqxona egalarini yanada quvontirdi.
Hokimning tashabbusi bilan tuman bo‘ylab yana 150 ta xuddi shunday issiqxona tashkil etiladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koreyaning ilg‘or HR tajribasi o‘rganilmoqda

Davlat boshqaruvida kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy inson resurslarini...

“Halol” standartlari asosida…

Surxondaryoda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash,...

Aholi farovonligiga e’tibor qaratildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Jarqo‘rg‘on tumanidagi amaliy tashrifi Paxtazavod...

Jarqo‘rg‘onda mahallalar qiyofasi yangilanadi

Jarqo‘rg‘on tumanida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi...
KunTun
KunTun