“Yashil bog‘” tashkil etiladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida “Yashil bog‘” tashkil etish uchun 40 gektarlik maydon ajratildi. Ushbu yer maydoni ochiq yalanglikdagi cho‘l-u dashtlikdan iborat. Uni bog‘-u bo‘stonga aylantirish aytishga oson. Ammo, vohadoshlarimiz bir ishga bel bog‘lashdimi, uning uddasidan chiqishga odatlanishgan. Shu sababdan ham mas’ullarning oldiga turgan masala hududda bahorgi ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadal surʼatlarda olib borish. Ayni maqsadda amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga asosan tashkil etilajak yashil bog‘ “Safarbarlik 30 kun” oyligi doirasida amalga oshirilmoqda. Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Elmurod Avazov boshchiligida va sektor rahbarlari ishtirokida Yashil bog‘ barpo etish uchun tanlangan joyning avvaliga 10 gektariga ko‘chat ekish ishlari olib boriladi. Bosqichma-bosqich amalga oshirilajak ishlar bir oy muddat ichida tugallanishi reja qilingan. Qisqa muddatlarda esa ushbu sa’y-harakat va ezgu tashabbus sabab ushbu yer maydoni katta bog‘ga aylanadi. Nafaqat tuman ahli, balki uzoq-yaqindan kelgan mehmonlarni bag‘riga chorlab, ona tabiat qo‘ynida sayr qilishga imkoniyat beradi.


H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun