O‘q nishonga tegdi

Date:

Sport nafaqat sog‘lom turmush tarzi asosi, balki sevimli mashg‘ulotga aylanishi bilan vaqtimizni unumli o‘tkazishga xizmat qiladi. Sport turlaridan kamondan o‘q otishga qiziqadiganlarni oladigan bo‘lsak, mo‘ljalni olib, uzgan o‘qi nishonga teksa bormi, buning gashti va zavqini faqat ugina tuya oladi. Albatta, natijaga erishish uchun doimiy o‘z ustida ishlash, shug‘ullanish lozim. Yurtimizda kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Milliy gvardiya Uzun tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘yinga start berilishi bilan ishtirokchilar uchun hayajonli daqiqalar boshlandi. Kamonni tutishar ekan, uni o‘ziniki qilib olishga, o‘qni his etishga harakat etdilar. Urinishlar esa besamar ketmadi. Tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlovi, olqishlari ila jarayon yanada qizg‘in tus oldi.
Yakunda esa musobaqa g‘olib va sovrindorlari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun