“Yulduzli tunlar” romani ingliz tilida chop etildi

Date:

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning shaxsiyatini, ichki olamini, davlat boshqaruvi, ijodiyotini ochib beradi. Asarni o‘qib, shoh va shoirni kashf etasiz. Pinhona yaqiningizga aylanib, dard-u tashvishiga, armon va og‘riqlariga sherik bo‘lasiz. Voqelar rivojini o‘qiy turib, qayg‘uga tushasiz, yuraklaringiz o‘rtanadi. Aslida bunday ta’sir kuchini his etish asar muallifining mahorati sabab deyish mumkin.
O‘n yillik izlanish va o‘rganishlar o‘zini oqlagan va asar muvaffaqiyatli chiqqan. Shu sababdan ham “Yulduzli tunlar”ni izlashadi, sevish o‘qishadi. To‘g‘ri, bu asarni yillar davomida o‘qish taqiqlandi. O‘qiganni jazolashdi. Shunga qaramay o‘z qimmati va qiymatini yo‘qotmay, qo‘ldan tushmay kelayotgan asar uchun Pirimqul Qodirov 1982-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻldi.
“Yulduzli tunlar” romanining inglizcha nashri (“Babur: Starry Nights”) chop etilgani esa o‘zbek kitobxonlari uchun katta yangilik deyish mumkin. Endi dunyo ahli e’tiboriga havola etilajak asarni o‘qishadi va munosib bahoni berishadi. Aytish kerakki, loyiha Islom Karimov nomidagi fond tomonidan amalga oshirilgan.
Romanni britaniyalik mutarjim Kerol Yermakova ingliz tiliga oʻgirgan, tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli rassom Bobur Ismoilov esa nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Fransiyaning “Nouveau Monde Editions” nashriyotida chop etilgan.
1972-yilda yozilgan “Yulduzli tunlar” asari rus, yapon, hind, urdu, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga ham tarjima qilingan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun