Harbiy xizmatchilar test sinovlari topshirmoqda

Date:

Oliygohga o‘qishga kirish imkonini beradign imtiyoz kirish imtihonlarida kattagina ustunlik beradi. Ana shunday imtiyozlardan bir harbiy xizmatchilar uchun beriladigan imtiyozli tavsiyanomadir. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan xizmatchi bilim-salohiyati va iqtidoriga ishonar ekan, albatta, ana shunday tavsiyanomani qo‘lga kiritishi mumkin. Janubi-g‘arbiy mahsus harbiy okrug tasarrufidagi Hayraobod, Kakaydi va Termiz garnizonlarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash hamda bilim darajasini tekshirish maqsadida test sinovlarida ishtirok etishdi.
Aytish kerakki, test sinovlarida nomzodlar avvalo, jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdan o‘tishlari, fizika, matematika va mantiqiy test va savollarga javob berishlari lozim. Ana shunday 100 ta test sinovlaridan o‘tish uchun harbiy xizmatchilarga 3 soat vaqt ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikamizning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi. Qolaversa, ular respublikamizning oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida ajratilgan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tavsiyanomalar uch yil mobaynida amal qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun