Zamonaviy tibbiy uskunalar keltirildi

Date:

Har qanday kasallikka aniq tashxis qo‘yish uchun shifokorga birinchi navbatda tahlil va tekshiruv uskunalarining xulosasi kerak bo‘ladi. Busiz muolaja tayinlash mumkin emas. Bugungidek, tibbiyot rivoj topayotgan bir paytda har bir tibbiyot muassasasi zaruriy zamonaviy tibbiyot uskunalari va anjomlari bilan ta’minlangan. Axir bunday vosita va xizmat turlariga talab hamda ehtiyoj kuchli.
Shu sababdan ham Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi yangi tashkil etilgan Qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markaziga Germaniya va Xitoy davlatidan gemodializ hamda MSKT (kompyuter tomografiyasi) tibbiy uskunalari keltirildi.
Endilikda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan Sariosiyo va Uzun tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga gemodializ va tomografiya bilan bog‘liq tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun