Katta hayotga…

Date:

Oila — muqaddas dargoh. Uni asrab-avaylash uchun har ikki tomon ham muvazanatni saqlashi, o‘z mas’uliyati va vazifasini unutmasligi lozim. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz, mentalitetimiz ruhida oilaviy munosabatlarda murosa qilishsa, albatta, ajrimlar ham, muammolar ham yuzaga kelmaydi.
Demak, har bir yosh katta hayotga qadam tashlar ekan, avvalo unga tayyor bo‘lmog‘i lozim. Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli Qarori nafaqat yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning huquqiy asosi bo’ldi balki, jamiyatda oila munosabatlarida yangi bir davr uchun muhim qadamdir.
Bu borada esa ibratli ishlar amalga oshirilayotir. Oltinsoy tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha kurslar tashkil etilgan. Ushbu markazda doimiy tarzda juftliklar mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi. Yaqinda ham bir guruh yoshlar kurslarni tamomlab, markaz rahbari Maqsuda Mahmatqulova tomonidan kursni tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun