Vaqti va mablag‘i tejaladigan bo‘ldi

Date:

“Tebat” mahallasi Qumqo‘rg‘on tuman markazidan 72 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yilning har faslida ham mahalla ahlining bozor-o‘char qilishi tuman markaziga yumush bilan borish muammo bo‘lishi, anchagina vaqt talab etishi bor gap. Ammo, hozirgidek sovuq ob-havoda uydan tashqariga chiqish ham mushkul masala. Mana shunday sharoitda qor va loy kechib, bozorga borishni esa bir tasavvur qiling.
Tuman markazidan uzoqda joylashgan chegara oldi hududidagi ushbu mahallaga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ko‘chma savdo yarmarkasida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamyonbop narxlarda yetkazib berildi. Yaratilgan qulaylikdan esa tebatliklar xursand. Ularning vaqti va mablag‘i tejaladigan bo‘ldi.

Sohijbamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun