Sariosiyoda qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi

Date:

Yurtimiz tabiati o‘simlik turlariga boy. Bu esa o‘z navbatida tiriklik, hayvonot olamining yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Hududlardagi o‘rmon xo‘jaliklari esa fauna va flora olamini asrash, inson omilidan himoya qilish uchun tashkil etilgan. Xususan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hamda “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari yurtimizda kechayotgan sovuq ob-havo sharoitida tog‘li hududlarda nazorat ishlarini olib borishmoqda. Kuzatuv va nazoroat tadbirlari davomida “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi “Sangardak” bo‘limi hududida onasidan ajralib qolgan qo‘ng‘ir ayiq bolasining yolg‘iz yurganligi ma’lum bo‘ldi.
Qish mavsumida yolg‘iz qolgan ayiq bolasining ozuqa topishi birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi, natijada esa nobud bo‘lishi hech gap emas. Shu sababdan ayiq bolasi malakali mutaxassislar qaroviga olindi va munosib sharoitda yashashi uchun imkoniyat yaratildi. Eng maqbul joy esa “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘ldi. Mitti jonivor shu yerda vaqtinchalik saqlanadi. Hozirda yosh ayiq bolasiga g‘amxo‘rlik qilinmoqda, ichimlik suvi, sabzavotlar, o‘rmon mevalari va non bo‘laklari bilan oziqlantrilmoqda. Kunlar isib, ochiqlikda yashab qolish uchun imkon tug‘ilishi bilan ayiq bolasi ona tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun