500 dan ortiq ko‘chat ona zamin bag‘riga qadaldi

Date:

Mahalla orastaligi ko‘ngil xotirjamligi kalitidir. Toza, ozoda hududning havosi o‘zgacha bo‘ladi; ko‘ngil xotirjam tortib, kayfiyat ko‘tariladi. Jamoa bo‘lib, yosh-u qari birlashib, bir ishga bel bog‘laganda esa mehnat qiyinchiligi ham arzimagan narsa. Qizg‘in suhbat, quyosh tafti tarovati ish bir zumda bitishi uchun ko‘makchiga aylanadi.

Sherobod tumanidagi mahallalarda tozalik ishlari qizg‘in holda boshlandi. Birdamlik bilan obodonlikni maqsad qilgan borki, qo‘liga ish qurolini olib zumda mehnatga sho‘ng‘ib ketdi. Kimdir ko‘chatlarning ostini yumshatgan bo‘lsa, yana kimdir ortiqcha shox-shabbalarni terdi. Bunda “Yashil makon” dasturining ijrosi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi, albatta.
Ko‘chat ekib, nihol yetishtirish ko‘ngildagi g‘uborlarni yuvib ketadi. Daraxtlarning yaqin kunlarda shirindan shakar meva tugishini o‘ylab shodlanasiz. Manzarali daraxtlar faqatgina ko‘rkamligi bilangina emas, havoni tozalab berishi bilan ham sizni xursand qiladi. Sherobod tumanining “Taroqli” mahallasi faollari “Dolzarb qirq kunlik” asosida 500 dan ortiq ko‘chatlarni ona zamin bag‘riga qadashganida yuqoridagi niyatlarni ko‘zda tutishgan edi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun